Ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi
Urganch davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetida 1-kursga qabul qilingan hamda yuqori kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Bugungi uchrashuvda fakultet dekani A.Yusupov, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Abdullayev, fakultet tyutorlari, institut profilaktika inspektori, leytenant M.Bobojonov hamda psixolog M.Sa’dullayeva ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ularni talabalar turar joylariga joylashtirish hamda ijara xonadonlarida yashash masalalari yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ota-onalarning fikr-mulohazalari tinglanib, bildirilgan murojaatlar qayd etildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati