Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “TANISHTIRUV” HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA


Urganch davlat pedagogika institutida “Tanishtiruv” haftaligi davom etmoqda

Urganch davlat pedagogika institutida haftalik doirasida yangi talabalarni institutning ta’lim jarayoni, mavjud imkoniyatlari va ichki tartib-qoidalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklari, tanlov fanlarini to‘g‘ri va maqsadli tanlash, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish, akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, kasbiy va shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berilmoqda.

Haftalik davomida birinchi bosqich talabalarining yangi ta’lim muhitiga moslashuvi, institut hayotiga faol qo‘shilishi hamda talabalik davrini mazmunli tashkil etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: