Urganch davlat pedagogika institutida Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ishtirokida Ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi yangilanishlar, oliy ta’lim muassasalarida sifat ko‘rsatkichlarini oshirish hamda pedagog kadrlarni zamon talablariga mos tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, talabalarning bilim olish jarayonidagi faolligi, mustaqil fikrlashi va kasbiy rivojiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, bo‘lajak pedagoglar oldida turgan muhim vazifalar, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash zarurati hamda kasbiy mahoratni muntazam oshirib borish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.




©️ UrDPI matbuot xizmati