Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI


Urganch davlat pedagogika institutida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Urganch davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
 

Bellashuv 2 turdan iborat bo‘lib, ishtirokchilarga jami 24 ta savol taqdim etildi. Savollar mantiqiy fikrlash, umumiy bilimlar, tarix, madaniyat, huquq hamda zamonaviy voqeliklarga oid mavzularni qamrab oldi.
O‘yin davomida jamoalar tezkor va mantiqiy fikrlash, jamoaviy qaror qabul qilish hamda mavjud bilimlardan samarali foydalanish borasida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.



Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Filologiya fakultetining “Femmora” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Pedagogika fakultetining “Azia Mix” jamoasi
🥉 3-o‘rin — Oliy maktabning “Yuksalish” jamoasi

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: