Urganch davlat pedagogika instituti xodimiga Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining III darajali diplomi hamda esdalik sovg‘asi topshirildi!
Urganch davlat pedagogika institutida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi, Raislar kengashi raisi Muyassar Rahimova hamda institut mehnat jamoasi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ochib berdi. Uchrashuv avvalida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovi sovrindori, institutning mehnat muhofazasi bo‘yicha 1-toifali muhandisi Anvarov Bekzod Baxtiyor o‘g‘liga Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining III darajali diplomi hamda esdalik sovg‘asi topshirildi.
Uchrashuv davomida ta’lim va fan xodimlarining mehnat huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda kasaba uyushmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.



©️ UrDPI matbuot xizmati