Close
Skip to main content


INSTITUT REKTORI V.B. DIYORJON ABDULLAYEV XALQARO ILMIY KONFERENSIYADA MA’RUZA QILDI


Institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev xalqaro ilmiy konferensiyada ma’ruza qildi

Xitoyning Sian shahridagi Sian arxitektura va texnologiya universitetida bo’lib o’tayotgan “Mintaqashunoslik nigohida Markaziy Osiyo tadqiqotlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasining plenar majlisida institut rektori v.b., tarix fanlari doktori, professor Diyorjon Abdullayev “Buyuk Ipak yo‘lidan akademik almashinuvga qadar: Markaziy Osiyo va Xitoy ta’lim hamkorligining tarixiy-madaniy asoslari” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi.

Ma’ruzada Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi bilim almashinuvining tarixiy manbalari tahlil qilinib, bugungi akademik aloqalarning mazmun mohiyati ochib berildi. Yakunda qo‘shma tadqiqot loyihalari, olimlar va yosh tadqiqotchilar almashinuviga doir takliflar ilgari surildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: