Urganch davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umarjon Xo‘jamuratov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. Sarvarbek Musurmonov, tegishli mas’ullar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Endilikda musobaqalar doirasida talaba-yoshlar mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi va yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati