Urganch davlat pedagogika institutida 1-bosqich talaba-qizlari bilan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi
Uchrashuvda Urganch davlat pedagogika insituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nodira Yangibayeva, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog Manzura Nazarova, institut profilaktika-inspektori Sevinch Qadambayeva hamda tegishli mas'ullar ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv Aniq fanlar pedagogika oliy maktabida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari ishtirokida tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-qizlar “Qizlarjon” klubiga a’zo bo‘lib, har bir guruh va fakultet kesimida klub sardorlari saylandi. Institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan Odob-axloq kodeksining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati