Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA DUAL TA’LIM SHAKLIGA QABUL QILINGAN TALABALAR UCHUN TANISHTIRUV UCHRASHUVI O‘TKAZILDI


Urganch davlat pedagogika institutida dual ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv uchrashuvi o‘tkazildi
 

Xabaringiz bor, 2026/2027-o‘quv yilida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar uchun dual ta’lim shaklida tahsil olish imkoniyatlari kengaytirildi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha respublika miqyosida 10 mingta to‘lov-kontrakt kvotasi ajratilgan.



Uchrashuvda Urganch davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.v.b. Sarvar Musurmonov, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Doniyor Nafasov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida dual ta’lim shaklining o‘ziga xos jihatlari, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, ish joyidagi amaliyot va institutdagi ta’lim jarayonining o‘zaro bog‘liqligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalarga institutning ichki qoidalari, ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan talablar, ular uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: