Close
Skip to main content


REKTOR V.B. DIYORJON ABDULLAYEV PEDAGOGIKA FAKULTETIDAGI TA’LIM JARAYONLARI BILAN YAQINDAN TANISHDI


Rektor v.b. Diyorjon Abdullayev Pedagogika fakultetidagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev Pedagogika fakultetida bo‘lib, fakultetda ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining mazmun-mohiyati, ta’lim sifati hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida o‘quv auditoriyalarida olib borilayotgan mashg‘ulotlar kuzatilib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati hamda mavjud sharoitlar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

Tashrif yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish va talabalar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: