Urganch davlat pedagogika institutida “Odil sudlov — 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida kengroq tushuncha berish maqsadida “Odil sudlov — 2030” strategiyasi mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Xorazm viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Maxmudov Oybek ishtirok etib, “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari, sud-huquq tizimini takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda odil sudlovga erishish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berdi.



©️ UrDPI matbuot xizmati