Close
Skip to main content


AYNI DAQIQALARDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TMOQDA


Ayni daqiqalarda Urganch davlat pedagogika institutida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev va Viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zubayda Axmedovalar ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv davomida davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bugungi globallashuv zamonida ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: