TINCHLIK — ENG OLIY NE’MAT!
“JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT BILAN KURASH!”
Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda diniy bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida Diniy qo‘mita vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Urganch shahar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Vaisov Oybek hamda Urganch shahar Nuroniylar jamg‘armasi raisi Otanazar Abdullayev ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar.
Uchrashuv davomida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni asrash, diniy bag‘rikenglik, jaholatning salbiy oqibatlari, yoshlarni turli zararli g‘oyalardan himoya qilishda ma’rifatning o‘rni haqida muhim fikr va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
Tinchlik — xalq farovonligi, ma’rifat esa jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.



©️ UrDPI matbuot xizmati