Close
Skip to main content


Chet ellik talabalar uchun o‘zbek tili Olimpiadasining institutda saralash bosqichlari o‘tkazildi hamda respublika olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish va tayyorgarlik ishlari olib borildi


Chet ellik talabalar uchun o‘zbek tili Olimpiadasining institutda saralash bosqichlari o‘tkazildi hamda respublika olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish va tayyorgarlik ishlari olib borildi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish va tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Jarayon davomida chet ellik talabalarga olimpiadaning maqsad va vazifalari, ishtirok etish tartibi, belgilangan talablar hamda olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mavjud bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusida olimpiadada munosib ishtirok etishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

🎯 Mazkur tushuntirish ishlari chet ellik talabalarni o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganishga jalb etish va ularning kelgusidagi respublika olimpiadasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga zamin yaratishga qaratildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: