Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi “Zakovat” musobaqasining Xorazm viloyati hududiy bosqichi g‘olibi!
2026-yil 26-sentabr kuni Urganch shahrida o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” musobaqasining Xorazm viloyati hududiy bosqichi yakunlandi.
Intellektual bellashuvda viloyatimizdagi pedagog-o‘qituvchilardan tashkil topgan 42 ta jamoa ishtirok etib, 3 turdan iborat jami 36 ta savol bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
🥇 Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi musobaqada 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichi g‘olibiga aylandi!
Endilikda Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida Xorazm viloyati sharafini himoya qiladi!
Jamoamiz a’zolarini ushbu munosib g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Ularga respublika bosqichida ham yuqori natijalar tilaymiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati