Urganch davlat pedagogika institutida “Ko‘p madaniyatli ta’lim sharoitida rus tili va adabiyotini o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Konferensiyani Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev hamda Filologiya fakulteti dekani, dotsent San’at Xudayberganov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.
Konferensiya davomida Rossiyaning Shadrin davlat pedagogika universiteti, Urganch davlat universiteti, Urganch davlat tibbiyot instituti, Ma’mun universiteti hamda respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok qildilar.
Konferensiya sho‘balari:
📎Til o‘rganishda ko‘p madaniyatli muhitning roli;
📎Rus tili va adabiyoti orqali turli madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish;
📎Rus tili va adabiyoti ta’limi masalalari.



©️ UrDPI matbuot xizmati