
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Hurmatli Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi!
Sizni va siz orqali butun oilangizni mo‘min-musulmonlar hamda xalqimiz tomonidan keng nishonlanayotgan muborak ayyomimiz – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod qilaman!
Bugungi g‘oyat murakkab, tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va mustahkamlash yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmon, taqdirim shu yurtga daxldor deguvchi har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Tinchliksevar xalqimiz asrlar davomida buyuk diniy qadriyat, saxovat va mehr-oqibat ramzi sifatida eʼzozlab kelayotgan ushbu qutlug‘ ayyom keyingi davrda ijtimoiy hayotimizda yanada mustahkam o‘rin egallab borayotgani, albatta, barchamizni xursand qiladi.
Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor barchangizni chin yurakdan qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilangizga xotirjamlik, fayz-u baraka, dasturxoningizga to‘kin-sochinlik, o‘qish va ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilab qolaman.
Ona yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz farovon bo‘lsin!
Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lib kelgan Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Jumanazar Yarmetov
Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b.
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent