Close
Skip to main content


XORIJLIK TALABALAR O‘RTASIDA O‘ZBEK TILIDAN INSHOLAR TANLOVI NATIJASI E'LON QILINDI


Xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan insholar tanlovi natijasi e'lon qilindi
2026-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 321-son buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xorijlik talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini namoyon etish hamda o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatini yuksaltirishdan iborat.
📝 Tanlov yakunlariga ko‘ra, 2-kurs magistranti Riymbayeva Umida Bektursunovna g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbek tili — millat va madaniyatlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigi!

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: