Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI QIT’ANING NUFUZLI SPORT MUSOBAQASI — XX YOZGI OSIYO O‘YINLARI SOVRINDORI!


Urganch davlat pedagogika instituti talabasi qit’aning nufuzli sport musobaqasi — XX yozgi Osiyo o‘yinlari sovrindori!

🇺🇿 🇯🇵 Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Shirinjon Yo‘ldoshova Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shirinjon Yo‘ldoshova -70 kg vazn toifasida, shuningdek, aralash jamoaviy bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida munosib ishtirok etib, qit’aning nufuzli sport musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.
 

✅ Ma’lumot uchun: Shirinjon Yo‘ldoshova 2024-yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin, 2025-yilda “Aktau Asian Judo Open” turnirida bronza, 2026-yilda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.



Yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilayotgan talabamizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Olg‘a, Urganch davlat pedagogika instituti yoshlari!
Biz siz bilan faxrlanamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: