Close
Skip to main content


BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA “DEKAN KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI


Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Dekan kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi

Urganch davlat pedagogika institutining Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Dekan kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqa doirasida talabalar mini-futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratlarini namoyon etdilar.

Mazkur sport musobaqalari talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Musobaqalar yakunida sport turlari bo‘yicha faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar aniqlandi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: