Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KASBGA YO‘NALTIRILGAN TO‘GARAKLAR FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI


Urganch davlat pedagogika institutida kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasblarga sifatli o‘qitish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida Urganch davlat pedagogika institutida kasbga yo‘naltirilgan amaliy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu maqsadda Pedagogika fakulteti Texnologik ta’lim kafedrasi qoshida “Chevar qizlar — milliy liboslar dizayni” to‘garagi tashkil etilib, mashg‘ulotlar boshlandi.
To‘garakda talaba-qizlar milliy an’analar va zamonaviy dizayn yechimlarini uyg‘unlashtirgan holda liboslar yaratish, ularni modellashtirish va konstruksiyalash, mato hamda bezaklarni to‘g‘ri tanlash, shuningdek, tikuvchilik texnologiyalarini amaliy jihatdan o‘zlashtirmoqdalar.

Mashg‘ulotlar davomida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va kelgusida mehnat bozorida talab etiladigan qo‘shimcha kasbiy ko‘nikmalarni egallashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hurmatli talaba-yoshlar!
Dizayn, moda va tikuvchilikka qiziqadigan, yangi kasbiy ko‘nikmalarni egallash hamda o‘z ijodiy mahoratini rivojlantirish istagida bo‘lgan talabalarni “Chevar qizlar — milliy liboslar dizayni” to‘garagiga taklif etamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: