Jurnalistika va media sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi o‘rtasida jurnalistika va media sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumni Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi Dilbar Bekchanova imzoladilar.
Mazkur memorandum doirasida talaba-yoshlarning jurnalistika va media sohasiga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, hamkorlik doirasida talabalar uchun mahorat darslari, amaliy seminarlar, tajriba almashish uchrashuvlari hamda media yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni tashkil etish imkoniyatlari yaratiladi.



©️ UrDPI matbuot xizmati