Urganch davlat pedagogika institutida “Innovatsion pedagogika: tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda global tajriba va mahalliy yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi
Konferensiyani institut rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Markaziy Rossiya boshqaruv instituti direktori o‘rinbosari, professor Viktor Livtsov kirish so‘zlari bilan ochib berdilar hamda konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladilar.
Konferensiya tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik yondashuvlar, ilg‘or xalqaro tajribalar hamda mahalliy yechimlar yuzasidan ilmiy materiallar almashishga bag‘ishlangan.
Konferensiyada O‘zbekiston olimlari bilan bir qatorda Rossiya, Eron, Hindiston va Malayziyadan 20 dan ortiq xorijiy olimlar ishtirok etmoqda.









©️ UrDPI matbuot xizmati