Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUVCHI TALABALAR UCHUN “KARYERA KUNI” DOIRASIDA MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI


Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti bitiruvchi yoshlari “Karyera kuni” doirasida Mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida tashkilotlar tomonidan ko‘rgazmalar ham tashkil etildi.

Xorazm viloyati Bosh prokuraturasi va Urganch davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 60 ga yaqin tashkilot va korxonalar tomonidan 200 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchi yoshlarning mehnat bozoridan munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashishdir. Shuningdek, oliy ta’lim maskanlari va ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish orqali yoshlar bandligini ta’minlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: