Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TURKUAZ YASHIL TRANSFORMATSIYA OFISI OCHILDI


2026-yil 19-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida Chanaqqala O’n sakkiz mart universiteti (Turkiya) bilan hamkorlikda “Yashil transformatsiya va barqaror rivojlanish ofisi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ofis ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida imzolangan qo’shimcha protokol asosida tashkil etildi va “Turkuaz yashil transformatsiya modeli” doirasida faoliyat yuritadi.
Marosimda ChOMU rektori professor Dr. Cüneyt Erenoğlu masofadan turib ishtirok etdi va tabrik so’zi bilan chiqdi. Tadbirda institut rahbariyati hamda dastur koordinatori yordamchisi Minara Guliyeva qatnashdi.
Ofis faoliyati ta’lim jarayoniga ekologik madaniyat va barqaror rivojlanish tamoyillarini tatbiq etish, talabalar va professor-o’qituvchilar ishtirokida qo’shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, ikki universitet o’rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirishga yo’naltirilgan.
Yangi ofis Urganch davlat pedagogika instituti va Chanaqqala O’n sakkiz mart universiteti o’rtasidagi hamkorlikning amaliy natijalaridan biri bo’ldi.

 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: