Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 10-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI


  Kengash institut rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov raisligida o‘tkazildi va yil sarhisobiga bag‘ishlandi.

Kengash yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar bo‘yicha hisobot va axborotlar tinglandi:

 Siyosiy axborot tinglandi. 
(U.Xo‘jamurodov  axboroti)
 Institut sirtqi bo‘limida mutaxassis kadrlar tayyorlashning ahvoli  to‘g‘risida.      
(X.Siddiqov hisoboti, mas'ul xodim X.Bekchanov)
 Urganch davlat pedagogika institutida 2023–2024-o‘quv yili uchun shtatlar taqsimoti to‘g‘risida. 
(N.Ibragimova axboroti)
  2022–2023-o‘quv yilida institut Kengashi qarorlarining bajarilishi to‘g‘risida. 
(M.Matquliyeva axboroti)  
 2023-yilning 1-yarmida institutda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida.
(I.Yo‘ldoshov axboroti)

    Kengashda yana keyingi o‘quv yili uchun takliflar tinglandi, savol-javoblar o‘tkazildi, yangi institut uchun tarixan qisqa davrda erishilgan yutuqlar alohida e'tirof qilinib, ayrim kamchiliklar yuzasidan mulohazalar bildirildi. Shuningdek, hozirda institutda bo‘lib turgan qabul masalasi, institutning ilk jurnalining nashr qilinayotgani va oliygoh gazetasini ham nashr qilish masalasi muhokama qilindi. 

    Ma’lumot o‘rnida: Hisobot uchun – 15 daqiqa, axborot uchun – 5 daqiqa hamda taklif, mulohaza va ma’lumotlar uchun 3 daqiqagacha vaqt ajratildi.urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 10-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 10-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 10-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: