Urganç davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi bölib ötdi
Bugun Urganç davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev iştirokida eşitiş va nutqida nuqsoni bölgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan oçiq muloqot taşkil etildi.
Muloqot davomida har bir talabaning salohiyatini röyobga çiqarişi uçun teng imkoniyatlar yaratiş, ta’lim jarayonida ularning individual ehtiyojlarini inobatga oliş va ijtimoiy faolligini rağbatlantirişning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuvda ta’lim sifatini oşiriş, bölajak pedagoglarni zamon talablariga mos tayyorlaş hamda talabalarning bilim oliş jarayonidagi faolligi va kasbiy rivojini qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uçraşuv talabalar bilan bevosita muloqotni mustahkamlaş, ularning ta’lim olişga oid ehtiyojlarini yanada yaxşiroq anglaş hamda öz imkoniyatlariga bölgan işonçini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.





©️ UrDPI matbuot xizmati