Urganç davlat pedagogika instituti jamoasi — ziyolilar muloqotida!
Bugun Urganç şahrida “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi!” şiori ostida Özbekiston ziyolilari kengashining hududiy yigʻilişi doirasida muloqot bölib ötmoqda.
Mazkur nufuzli tadbirda Urganç davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev boşçiligidagi professor-öqituvçilar va institut jamoasi vakillari faol iştirok etmoqda.
Taʼkidlash joizki, mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor taşkil etilayotgan Özbekiston ziyolilari kengashining hududiy yigʻilişlari 10–14-noyabr kunlari respublikamizning barça hududlarida ötkazilmoqda. Taşabbusdan közlangan asosiy maqsad — ziyolilarning ilmiy, intellektual va ijodiy salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga yö‘naltiriş, hududlardagi dolzarb masalalarni keng muhokama qilish hamda ularning yeçimiga qaratilgan amaliy taklif va taşabbuslarni ishlab chiqişdan iborat.
Muloqot davomida ilm-fan va taʼlim sifatini oşiriş, yoş avlod tarbiyasi, milliy özlik va qadriyatlarni asrab-avaylaş, özbek tili va adabiyotini rivojlantiriş, raqamli muhitning yoşlar hayotiga taʼsiri, madaniyat va maʼnaviyatni yuksaltiriş kabi muhim masalalar yuzasidan fikr alm aşilmoqda.
Institut jamoasining uşbu muloqotdagi iştiroki taʼlim va ilm-fan rivojiga daxldor masalalar yuzasidan fikr bildiriş, ilgʻor tajribalarni ommalaştiriş hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.





©️ UrDPI matbuot xizmati