UrDPI rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov Ruzimovichning Shovot tumanidagi qizil toifaga kiruvchi yoshlarning xonadonlariga tashriflari davom etmoqda.
Navbatdagi tashrif davomida ham institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Yusupov hamda masʼul shaxslar bilan birgalikda Shovot tumani "Tukmangit" MFYda istiqomat qiluvchi Yaxshimurodov Rashid Faxriddin o‘g‘li va Rahimova Manzura Nizomaddin qizi, Monoq MFYda yashovchi Aminova Leninza Maqsudbekovna hamda Jumabayeva Guler Jasur qizi kabi yoshlarning xonadonlariga tashrif buyurib, muammolar joyida o‘rganildi hamda moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi.
Davlatning ishonchli vakillarining xalqning chin farzandiman deguvchi qalb egalarining xonadonlariga tashriflari davom etadi va o‘zining samarali natijalarini beradi, albatta!
📝Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati


