Urganç davlat pedagogika institutida Şe’riy janrlar tahliliga bağishlangan mahorat darsi taşkil etildi
Filologiya fakultetining Özbek tili va adabiyoti yönalişi talabalari iştirokida Buxoro davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori Laylo Şaripova tomonidan Şe’riy janrlar mavzusida mahorat darsi ötkazildi. Darsni institutning Birinçi prorektori Umarjon Xöjamuratov kiriş sözi bilan oçib berdi.
Mahorat darsi davomida Laylo Şaripova şe’riy janrlarning öziga xos xususiyatlari, ularning şakllanişi va taraqqiyoti, janrlar örtasidagi farqli jihatlar hamda badiiy asarlarni janr xususiyatlari asosida tahlil qiliş masalalarini atrofliça yoritdi. Şuningdek, mavzu yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy misollar asosida tuşunçalar berdi.
Maşğulotda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Bekpoşşa Raximova ham iştirok etib, adabiyotşunoslik sohasini çuqur örganiş, badiiy tafakkurni rivojlantiriş hamda ilmiy izlanişlarning ahamiyati yuzasidan öz fikr va mulohazalarini bildirdi.
Mazkur mahorat darsi talabalarning şe’riyat va adabiyotşunoslikka oid bilimlarini mustahkamlash, badiiy asarlarni tahlil qiliş könikmalarini rivojlantiriş hamda ilmiy izlanişlarga qiziqişini oşirişga xizmat qildi.





©️ UrDPI matbuot xizmati