Urganç şahrida Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan harbiy parad taşkil etildi
Bugun 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Urganç şahrida tantanali harbiy parad bölib ötdi.
Mazkur tadbirda viloyatdagi davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, harbiy xizmatçilar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mas’ullari, keng jamoatçilik vakillari hamda faol yoşlar iştirok etdi.
Şuningdek, tantanali tadbirda Urganç davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev boşçiligidagi institut jamoasi va talaba-yoşlar ham faol qatnaşdi.
Harbiy parad davomida milliy ğurur, vatanparvarlik va istiqlolimizga sadoqat tuyğulari yana bir bor namoyon böldi. Davlatimiz bayroğining mağrur hilpiraşi, harbiy xizmatçilarning tantanali yurişi tadbirga özgaça şukuh bağişladi.
Bayroğimiz — faxrimiz, ğururimiz!





©️ UrDPI matbuot xizmati