Urganç davlat pedagogika institutida “4K çallenge — Biz kelajak bunyodkorlarimiz!” mavzusida tadbir ötkazildi
Urganç davlat pedagogika instituti Boşlanğiç ta’lim fakulteti “Maktabgaça ta’lim” kafedrasi pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. Feruza Bekçanova rahbarligida magistrantlar hamda sirtqi ta’lim şakli talabalari iştirokida “4K çallenge — Biz kelajak bunyodkorlarimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan zamonaviy ta’limning muhim kompetensiyalari — kreativlik, kritik (tanqidiy) fikrlaş, kommunikatsiya va kollaboratsiya tamoyillarini özida aks ettirgan sahna körinişlari, ijodiy çiqişlar hamda qiziqarli şartlar namoyiş etildi.Sahna körinişlarida yoşlarning jamiyat taraqqiyotidagi örni, kelajak avlodni tarbiyalaşda pedagoglarning mas’uliyati, yangiça fikrlaş, jamoaviy hamkorlik va ta’lim jarayonida innovatsion yondaşuvlardan foydalanişning ahamiyati badiiy talqin etildi.
Şuningdek, iştirokçilar özlarining ijodkorlik salohiyati, pedagogik mahorati va intellektual qobiliyatlarini namoyon etib, “Biz kelajak bunyodkorlarimiz!” ğoyasini turli çiqişlar orqali keng yoritib berdilar.





©️ UrDPI matbuot xizmati