Close
Skip to main content


URGANÇ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI “KELAJAK TADBIRKORI – 2026” KASBIY KÖRGAZMASIDA IŞTIROK ETDI


Urganç davlat pedagogika instituti jamoasi “Kelajak tadbirkori – 2026” kasbiy körgazmasida iştirok etdi

Bugun Urganç şahridagi “Yoşlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasbiy körgazmasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda Urganç davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev va “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori örinbosari Xurşid Eşonqulov sözga çiqib, yoşlar bandligini ta’minlaş, bitiruvçilarni mehnat bozoriga tayyorlaş, ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda kasbiy rivojlanişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarning ahamiyatiga e’tibor qaratdilar.

Körgazma doirasida oliy ta’lim muassasalari, korxona va taşkilotlar öz faoliyati hamda mavjud imkoniyatlarini namoyiş etdi. Urganç davlat pedagogika instituti ham öz pavilyoni bilan iştirok etib, ta’lim yönalişlari, ilmiy-innovatsion faoliyati va talaba-yoşlar uçun yaratilgan şart-şaroitlarni taqdim etdi.

Mazkur körgazma oliy ta’lim va mehnat bozori örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş hamda yoşlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: