O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022-yildagi PQ-289-son "PEDAGOGIK TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLOVCHI OLIY TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat pedagogika institutida iqtidorli talabalar, imkoniyati cheklangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ishtirokida "Summer school 2023" yozgi maktabi o‘z faoliyatini boshladi.
Ishtirokchilar uchun tashkil qilingan tantanali ochilish marosimini UrDPI rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov ochib berdi, shuningdek, institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Yusupov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Egambergan Xudoynazarovlar ham fikr mulohazalarini bildirib, talaba-yoshlarga ijodiy, ilmiy barkamollik tilab qoldilar.
17-29-iyulga mo‘ljallangan bu yozgi maktabda talabalarga o‘n ikki kunlik dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturdan o‘quv seminarlar, chet davlatlar OTM professor-o‘qituvchilari bilan muloqotlar, sayohatlar hamda ko‘ngilochar madaniy dasturlar joy olgan.
Dastur doirasida tadbirlar davom etadi.


