Urganch davlat pedagogika institutida saralab olingan talaba-yoshlar ishtirokida tashkil qilingan "Summer school 2023" yozgi maktabi ishtirokchilariga Malayziyaning Kebangsaan universiteti falsafa doktori, Indoneziyaning Riau Universiteti professori Erni Mazuardi Binti Bahar Zoom dasturi orqali "Indoneziya davlatida ta'lim-tarbiya jarayonlari va hamkorlik" mavzusida onlayn ma‘ruza o‘qidi.
Ma‘ruza davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda bahs-munozaraga kirishdilar, o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar oldilar.
Ma‘lumot uchun, dunyoning top mingtaligidagi uch yuztalikka kirgan va unda 159-o‘rinda turadigan Malayziyaning Kebangsaan universitetidan professorlar institutimizga bir necha marta tashrif buyurganlar va mustahkam xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan hamda kelgusida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, hamkorlikda maqolalar chop qilish, Kebangsan universitetida doktoranturada o‘qish kabi masalalar yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Ma‘ruza talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!
Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati


