Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI DELEGATSIYASI VAKILLARIGA V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETIDAN TASHAKKURNOMALAR TAQDIM QILINDI


 Urganch davlat pedagogika instituti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Xudaybergan Bekchanov hamda O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Xasanboy Siddiqovlarga  Astraxanda xizmat safarida bo‘lib, Kaspiy bo‘yi mamlakatlaridan ikki yuzdan ortiq oliygoh olimlari ishtirok qilgan “Kaspiy-2023” xalqaro konferensiyasida faol ishtirok qilganliklari hamda ikkala oliygohning xalqaro hamkorliklari rivojiga qo‘shgan beqiyos xizmatlari uchun V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETI rektori Konstantin Markelov Aleksevich tomonidan  “TASHAKKURNOMA”lar taqdim qilindi.

     Ta’kidlash lozimki, 2023-2024-o‘quv yilida institutning  pedagogik ta'lim yo‘nalishlariga Astraxan davlat universitetidan salohiyatli professorlarni taklif qilish,  o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqish, hamkorlikda darsliklar yaratish va ilmiy jurnallarda maqolalar chop qilish, logopediya va inklyuziv ta'lim yo‘nalishlariga universitetdan mutaxassislarni jalb qilish, magistratura va doktoranturada akademik mobillik asosida jarayonni tashkil qilish kabi masalalar yuzasidan ikkala oliygohda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, samarali natijalarga erishilmoqda.

     “TASHAKKURNOMA”larda “Biz mavjud ishbilarmonlik va do‘stlik munosabatlarini saqlab qolishga ishonamiz va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz!” jumlalari keltirilganki, bu barchamizni yanada ruhlantiradi!

 Ikkala oliy ta’lim muassasasining bundan keyingi hamkorliklariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI DELEGATSIYASI VAKILLARIGA V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETIDAN TASHAKKURNOMALAR TAQDIM QILINDI;urspi;urspi.uz;

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI DELEGATSIYASI VAKILLARIGA V.N.TATISHEV NOMIDAGI ASTRAXAN DAVLAT UNIVERSITETIDAN TASHAKKURNOMALAR TAQDIM QILINDI

 

Ulashish: