Mamlakatimizning katta davlatga aylanayotganligi, aholimiz 2040-yilga borib 50 millionga yetishi, ularning yarmidan ko‘pi yoshlar bo‘lishi va ularga munosib sharoit yaratish zarurligi, barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar kabi bir qancha omillar ta’sirida yangi tahrirdagi Konstitutsiya ishlab chiqildi.
O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini ishlab chiqish jarayonida birinchi bosqichda 60 mingdan ziyod takliflar o‘rganildi hamda ushbu takliflarning har to‘rttasidan bittasi Konstitutsiya loyihasidan joy oldi.
Ikkinchi bosqichda 150 mingdan ortiq takliflar o‘rganildi hamda ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali loyiha bilan 5 million aholimiz tanishib chiqdi.
Shu bilan birga 10 mingta qo‘shimcha taklif, xalqaro-huquqiy hujjatlar va 190 dan ortiq davlatlar tajribasi o‘rganildi, loyiha 6 turdagi ekspertizadan o‘tkazildi.
To`liq tanishish uchun