URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BUGUNDAN START OLDI
Urganch davlat pedagogika institutida ayni daqiqalarda 2023/2024-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni o‘z ishini boshladi.
Erta tongdan ko‘zlarida umid va ishonch bilan oliygohga tashrif buyurgan abituriyentlar UrDPI Qabul komissiyasi aʼzolari hamda institut rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi hamda ularga imtihon jarayonlari bilan bog‘liq maʼlumotlar va kerakli tavsiyalar berildi.
Bugun quyidagi yo‘nalishlarda jami 305 nafar talabgor kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda:
🎨Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (kunduzgi)
🎼Musiqa taʼlimi (kunduzgi)
⚽️Jismoniy madaniyat (kunduzgi)