Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA "SUMMER SCHOOL — 2023" YOZGI MAKTABI ISHTIROKCHILARI BILAN TANTANALI XAYRLASHUV MADANIY TADBIRI O‘TKAZILDI


Madaniy tadbirni Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov Ruzimovich ochib berdi va 12 kun davomida institutda tashkil qilingan ilk yozgi maktab — “Summer school 2023” ishtirokchilarining faoliyati haqida fikr-mulohazalarini bildirib, ishtirokchilarning ilmiy va ma’naviy olamining yanada boyib borishi bu KELAJAGIMIZ EGALARIning MUNOSIB VORIS bo‘lib shakllanishlarining asosi ekanligiga urg‘u berdi.

     Shuningdek, tadbirda oliygohning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Yusupov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Egambergan Xudoynazarovlar ham qatnashib, o‘z mulohazalari bilan ishtirok qildilar hamda yoshlarning kelgusida ilm yo‘llaridagi mashaqqatlari va yozgi maktabning samarali natijalarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

    Tadbir davomida “Tilaklar vaqti” davra suhbati ham tashkil qilindi va unda 12 kun davomida ishtirokchilar xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar, seminar-treninglar, Zakovat intellektual o‘yinlari, “Munozara” turniri va uning final bosqichi, gimnastrada tanlovi, bahr-u bayt musobaqalari, turli kasb egalari bilan norasmiy uchrashuvlar, sayohatlar, madaniy hordiq va galakonsert dasturlari haqida o‘z fikr-mulozalarini bildirdilar, samimiy tilaklar bildirdilar.

    Yozgi maktab bitiruvchilari tomonidan kuylangan kuy va qo‘shiqlar hamda ularning taqdirlanishi tadbirga yanada yuqori ruh bag‘ishladi.

🌐 Dunyo maydoniga dadil chiqa oladigan va bilimlar bilan qurollangan avlodgina, o‘zligini yo‘qotmasdan, Yurt dong‘ini dunyoga yoya oladi va bunda KELAJAK BUNYODKORLARI uchun yaratib berilgan har imkoniyat va har bir e’tibor o‘z samarasini bermasdan qolmaydi, albatta!

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA "SUMMER SCHOOL — 2023" YOZGI MAKTABI ISHTIROKCHILARI BILAN TANTANALI XAYRLASHUV MADANIY TADBIRI O‘TKAZILDI ;urspi;urspi.uz;

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA "SUMMER SCHOOL — 2023" YOZGI MAKTABI ISHTIROKCHILARI BILAN TANTANALI XAYRLASHUV MADANIY TADBIRI O‘TKAZILDI ;urspi;urspi.uz;

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA "SUMMER SCHOOL — 2023" YOZGI MAKTABI ISHTIROKCHILARI BILAN TANTANALI XAYRLASHUV MADANIY TADBIRI O‘TKAZILDI ;urspi;urspi.uz;

Ulashish: