Close


1-AVGUST — OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI START OLDI!


Bugun, 1-avgustdan, 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.

  Shu qatori Urganch davlat pedagogika institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar ham ko‘zlari yonib, dillarida hayajon bilan, bor bilim va mahoratlarini namoyish qilishga harakat qilmoqdalar.

  Ota-onalar va abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Urganch davlat pedagogika instituti psixologi, sotsiologlar, professor-o‘qituvchilar va ko‘ngilli talabalardan iborat "Volontyorlar guruhi" ham ota-onalar bilan suhbatlar olib borib, sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazgan holda, ona-onalar uchun kutish joylarida zaruriy sharoitlarni tashkil etishga ko‘maklashmoqdalar.

   Ko‘ngilli talabalardan iborat ijodiy guruh tomonidan madaniy tadbirlar ham tashkil etilmoqda.

   Ayni paytda jarayon qizg‘in ruhda davom etmoqda.

⏰ Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilmoqda:
    1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
    2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar.

❕ Test sinovlari 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.


Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

 1-AVGUST — OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI START OLDI!;urspi;urspi.uz;

 1-AVGUST — OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI START OLDI!;urspi;urspi.uz;

 1-AVGUST — OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI START OLDI!;urspi;urspi.uz;

Ulashish: