Close


DAVLAT OLIYGOHLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING IKKINCHI KUNI HAM JARAYONLAR QIZG‘IN


 Urganch davlat pedagogika institutiga 2023-2024-o‘quv yilining qabuli uchun test sinovlari jarayonlarining 2-kuni ham qizg‘in ruhda davom etmoqda!

   Jarayonlarda ota-onalar hamda abituriyentlarga qulayliklar yaratish, imtihon tartib-qoidalari haqida yetarlicha hamda batafsil tushunchalar berish maqsadida Urganch davlat pedagogika instituti vakillaridan iborat volontyorlar guruhi bugun ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

  Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda.

  Test sinovlari jarayonlari institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi Sardorbek Tajiyev tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari 13-avgustga qadar kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:

    1-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;
    2-smena — 15:00 dan 18:00 gacha.


Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

DAVLAT OLIYGOHLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING IKKINCHI KUNI HAM JARAYONLAR QIZG‘IN;urspi;urspi.uz;

DAVLAT OLIYGOHLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING IKKINCHI KUNI HAM JARAYONLAR QIZG‘IN;urspi;urspi.uz;

DAVLAT OLIYGOHLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING IKKINCHI KUNI HAM JARAYONLAR QIZG‘IN;urspi;urspi.uz;

 

Ulashish: