Close


TAYINLOV


Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-avgustdagi 328-son qarori bilan Madrahimova Feruza Ruzimbayevna Urganch davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi.

F.Madrahimova 1988-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.

U 2008-yilda Urganch davlat universiteti (bakalavr), 2010-yilda O‘zbekiston milliy universiteti magistraturasi, 2014-yilda ushbu universitetning tayanch doktoranturasini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.

U o‘z mehnat faoliyatini 2011-yilda O‘zbekiston milliy universiteti stajor-tadqiqotchi izlanuvchi sifatida boshlab, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, o‘qituvchi, shuningdek, qator idoralarda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha turli lavozimlarda faoliyat yuritib, yetarli tajriba orttirgan.

Feruza Madrahimova 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Ulashish: