Close


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RAHBARIYATI VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI BILAN UCHRASHDI


 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi hamda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida vazir bugungi kunda ta’lim va tarbiyaga qaratilayotgan e’tibor, ilmiy izlanishlar borasida dunyo tarjibasi va xalqaro maydondagi raqobat, zamon talabiga mos pedagog kadrlar tayyorlash masalasining dolzarbligi, ayniqsa, barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirish va komillik sari intilish intuitsiyasini rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirar ekan, institut jamoasining ham bu boradagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

    Oliygoh tashkil qilinganidan to bugungi kunga qadar institut rektori vazifasini vaqtinchalik bajargan, jamoaga bosh bo‘lib, samarali faoliyat olib borgan Jumanazar Yarmetovning mehnatlarini alohida e’tirof qildi va chuqur minnaddorchilik bildirdi, shu bilan bir qatorda hukumatning tegishli qaroriga (№328, 02.08.2023-yil) asosan oliygohning yangi tayinlangan rektori Feruza Madrahimovaga ish faoliyatida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi hamda katta ishonch bildirdi.

    Uchrashuvda Xorazm viloyatidan mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda ta’lim dargohining professor-o‘qituvchilari ham respublikada ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ilm va olimlikning darajasi haqida o‘z fikrlarini bildirib, Urganch davlat pedagogika institutining porloq kelajagi xususida mulohazalarini bayon qildilar.


Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RAHBARIYATI VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RAHBARIYATI VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RAHBARIYATI VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

Ulashish: