Close


REKTOR URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYINING BINOLARI BILAN TANISHDI


 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi  “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan Urganch davlat pedagogika institutining akademik liseyi o‘z  faoliyatini boshladi.

   Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova Ruzimboyevna Urganch shahar “Yoshlik” ko‘chasi 24-uyda joylashgan Urganch davlat pedagogika instituti akademik litseyining bino va inshootlari bilan tanishdi hamda litseyning bugungi kundagi faoliyati, ilk qabul va imtihon jarayonlari bilan bog‘liq fikr-mulohazalarini bayon qildi, kerakli tavsiyalar berdi.

    Akademik lisey o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilayotgan uch qavatli bino 2014-yilda qurilgan bo‘lib, 360 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan. Umumiy yer maydoni 1.8 gektarni tashkil qiladi. Binoda 13 ta o‘quv xonasi, 1 ta kompyuter xonasi, 1 ta kimyo laboratoriya xonasi, 1 ta fizika laboratoriya xonasi, 4 ta o‘quv amaliyot xonalari, 40 ta yordamchi xonalar, 1 ta oshxona, 1 ta sport zal, 3 ta (futbol, basketbol, valeybol) sport  maydonlari mavjud.

    Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyida quyidagi yo‘nalishlarda 2023-2024-o‘quv yilidan o‘quv jarayoni tashkil qilinadi:
  Aniq fanlar (3910002 – Matematika, xorijiy til);
  Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3930001 – Ona tili va adabiyot, xorijiy til);
  Xorijiy filologiya (3940000 – Ingliz tili, ona tili va adabiyot).

Akademik litseyga hujjat topshiruvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Yagona ta’lim xizmatlari portali” my.edu.uz platformasi orqali shu yilning 30-iyuniga qadar amalga oshirildi.


Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

REKTOR URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYINING BINOLARI BILAN TANISHDI;urspi;urspi.uz;

REKTOR URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYINING BINOLARI BILAN TANISHDI

REKTOR URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYINING BINOLARI BILAN TANISHDI

Ulashish: