Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 226-guruh talabasi Masharipov Jahongir Alisher o‘g‘li Xiva shahrida o‘tkazilgan “Xorazm open” xalqaro kikboksing musobaqasida III o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medali sohibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, talabamiz joriy yil O‘zbekiston Respublikasi Aralash jang san’ati assotsatsiyasi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan aralash sport turi bo‘yicha (81-kg vazn og‘irligida, 18 yoshlilar o‘rtasida) Xorazm viloyat chempionatida ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlangan edi.
Umidli sportchimizning kelgusi faoliyatida ham yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz va yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishiga tilakdoshmiz!



©️UrDPI Matbuot xizmati