Close


II MDH O‘YINLARIDA TALABAMIZ OLTINOY SOTIMBOYEVA SHOHSUPANING ENG YUQORI POGʻONASIGA KOʻTARILDI VA OLTIN MEDAL SOHIBASIGA AYLANDI


Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 222-guruh talabasi Oltinoy Sotimboyeva Belarus davlatida boʻlib oʻtayotgan II MDH o‘yinlarida 81 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub qildi va shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Final oʻyinida umidli talabamiz oltin medal uchun Rossiyalik Panina Anastasiyaga qarshi ringga ko‘tarildi va raqibasining ustidan gʻalaba qozondi.

Yurtimiz sharafiga davlatimiz madhiyasi yangrar ekan garchi ringda MARDONA JANG va MUSTAHKAM IRODA timsolini dunyoga koʻrsatib qoʻygan boʻlsa ham Oltinoy VATAN MEHRI oldida koʻzyoshlarini tiyib turolmadi.

Oltinoyga faqat va faqat zafarlar yor bo‘lishini va yurtimiz bayrogʻini hamisha koʻklarga koʻtarishini tilab qolamiz!

II MDH O‘YINLARIDA TALABAMIZ OLTINOY SOTIMBOYEVA SHOHSUPANING ENG YUQORI POGʻONASIGA KOʻTARILDI VA OLTIN MEDAL SOHIBASIGA AYLANDI;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: