Close


IMTIHON JARAYONLARI


  Bugun, 16-avgust kuni, barcha hududlarda talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Urganch davlat pedagogika institutiga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgor uchun ham test sinovlari davom etmoqda hamda jarayonlar Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi Sardorbek Tajiyev tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda, shuningdek, to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda. 

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilgan: 1-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar hamda 2-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin!

IMTIHON JARAYONLARI;urspi;urspi.uz;

IMTIHON JARAYONLARI;urspi;urspi.uz;

IMTIHON JARAYONLARI;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: