Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishining 224-guruh talabasi, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi Nodirbek Jumanazarov Iordaniyaning Amman shahrida bo‘lib o‘tgan U 20 Wrestling bo‘yicha Jahon chempionatida kurash bo‘yicha -57 kg vazn toifasida faxrli bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Nodirbek uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda Hindistonlik Sagar Sagarni 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma'lumot uchun, Nodirbek 2021-yildagi Jahon chempionatining (Budapesht, 51kg) 2-o‘rin sohibi ham hisoblanadi.
Talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz va samimiy muborakbod etamiz, jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini yanada ko‘klarga ko‘tarishiga ishonamiz!



©️UrDPI Matbuot xizmati