Oliygohimizga ishga tanlov bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi kun o‘z faoliyatini boshladi va qizg‘in suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Kafedralarga bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar uchun yo‘nalishlar kesimida oliygohning masʼul xodimlari tomonidan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Eng munosib nomzodlar saralab olinmadi. Bunda nomzodlarning ilmiy darajasi, xorijiy tilni bilish darajasi, erishgan yutuqlari, maʼnaviy-axloqiy sifatlari, kreativ fikrlashi, ijodkorligi, ishga layoqati, liderlik qobiliyati kabi bir qator jihatlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumot uchun, suhbat jarayonlari joriy yilning 21, 23, 24-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



©️UrDPI Matbuot xizmati