Close


REKTOR IKKINCHI MUTAXASSISLIKKA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR BILAN UCHRASHDI


Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha oliygohga Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Texnologik ta’lim, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Pedagogika, Musiqa ta’limi,  Jismoniy madaniyat, Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim (o‘zbek va rus) yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida o‘z so‘zini mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami bilan barchani samimiy muborakbod qilishdan boshlagan rektor Feruza Madraximova davlatimizda ta’limga qaratilayotgan e’tibor, ayniqsa, yoshlar ma’naviyati masalasi bugungi kunda har qachongidan ham ustuvor vazifa ekanligi va bunda zamonaviy hamda kreativ fikrlaydigan, ilmiy salohiyatga ega pedagog kadrlarning o‘rni haqida fikr-mulohazalarini bayon qildi. Shuningdek, institutda yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida ham to‘xtalib, yoshlarni imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yuqori marralarni zabt etishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

 REKTOR IKKINCHI MUTAXASSISLIKKA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

 REKTOR IKKINCHI MUTAXASSISLIKKA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

 REKTOR IKKINCHI MUTAXASSISLIKKA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR BILAN UCHRASHDI;urspi;urspi.uz;

©️UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: